Köp tarmoqli fermer xöjaliklari tajribasi ommalaştirilmoqda
Qişloq xöjaligida köp tarmoqli faoliyatni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan navbatdagi konferensiya Buxoro tumanidagi “Bukhara Warnet” botanika boğida ötkazildi. Tadbirda sohadagi muammolar va yeçimlar muhokama qilindi, fermerlarni rağbatlantiriş hamda ilğor tajribalarni ommalaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanişiça, viloyatdagi 2900 dan ortiq fermer xöjaliklarida köp tarmoqli faoliyat yölga qöyilgan bölib, ular paxtaçilik, ğallaçilik, sabzavotçilik, boğdorçilik va çorvaçilikni qamrab olgan. Joriy yilda fermerlar tomonidan 2,2 million dona mevali va manzarali köçatlar ekilgani ekologiyani asraş va yer unumdorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şuningdek, 74,5 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan.
Tadbirda iştirok etgan ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov sözga çiqib, davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularning samaradorligi xususida atrofliça töxtalişdi. Şuningdek, “Raqamli qişloq xöjaligi” yagona platformasini joriy etiş rejalari, içki suğoriş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va quyoş panellari orqali energiya tejaş çoralari haqida ma’lumot berildi.
Anjumanda peşqadam fermerlar öz tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Ular köp tarmoqli xöjaliklarni rivojlantiriş orqali aholi turmuş darajasini oşiriş va yangi iş örinlari yaratiş mumkinligini ta’kidladilar. Tadbir yakunida soha rivojiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh fermerlar “Ilğor fermer” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.