Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 31-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Farg‘onada “Ishbilarmon ayol – 2026” tanlovining hududiy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

31.10.2026
71

Farg‘ona viloyatida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining respublika hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatning 19 ta tuman va shahridan kelgan tadbirkor, fermer va hunarmand ayollar ishtirok etib, o‘z faoliyati, biznes loyihalari va erishgan natijalarini namoyish etdilar.

Tanlovning mahalla bosqichida mamlakat bo‘ylab 1 017 ta mahalla qamrab olinib, 10 156 nafarga yaqin ishbilarmon xotin-qiz ishtirok etdi. Jarayon davomida ko‘plab yangi tadbirkor ayollar aniqlanib, ularning tashabbus va biznes g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi.

Hududiy bosqichda ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, amalga oshirgan loyihalari va kelgusi rejalarini taqdim etdilar. Ularning faoliyati, yaratgan ish o‘rinlari, tadbirkorlik natijalari hamda jamiyat hayotiga qo‘shayotgan hissasi belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Tanlovda “Eng yosh, faol ayol tadbirkor”, “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Gʻolib va faol ishtirokchilar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish, yangi tashabbuslarini rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?