Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Farğonalik işbilarmon ayol AQŞ bilan yoşlarni tadbirkorlikka öqitiş böyiça hamkorlik boşladi

25.08.2025
1133

“Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” şiori ostida ÖzLiDeP ning istiqbolli loyihalaridan biri “Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovining Farğona viloyati hududiy respublika bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi.

Tadbir doirasida şahar va tuman bosqiçlarida ğolib bölgan işbilarmon xotin-qizlar öz mahsulot va xizmatlari namoyişini keng jamoatçilikka taqdim etdilar.

Tantanali marosimda ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisining jamoatçilik bilan aloqalar va axborot siyosati böyiça örinbosari v.b. Jamoliddin Meliboyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova, ÖzLiDeP Farğona viloyat Kengaşi raisi Raxmatillo Kamolov, viloyat Kengaşi deputatlari hamda qator hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Bu yilgi tanlovda 20 nafar işbilarmon ayol öz mahsulotlarini taqdim etdi. Hakamlar hay’ati iştirokçilar faoliyatini yaratilgan işçi örinlari, mahsulot sifati, bozordagi talabdorligi va eksport salohiyati asosida baholadilar. Ayniqsa, mahalliy iqtisodiyot rivoji va xotin-qizlar bandligini ta’minlaşdagi taşabbuslar yuqori baholandi.

Hakamlar xulosasiga köra, 1-örin — Farğona şahridagi “Işonç a’lo poyabzal” MÇJ rahbari Qodirova Nigora, 2-örin — Marğilon şahridagi “Jahon içra” oilaviy korxonasi rahbari Sulaymonova Şahnoza, 3-örin — Buvayda tumanidagi “Ayollar va bolalar kiyimlari tikuv syexi” rahbari Karimova Dildora qölga kiritdi.

— 2016 yildan beri çevarçilik bilan şuğullanib kelaman. Şu vaqtgaça mingdan ortiq şogird tayyorladim. Bugungi kunda faoliyatim kengayib, çarm poyabzal hamda tekstil mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöydik. Kam ta’minlangan 20 nafar ayolga tikuv maşinasi xarid qilib berib, ularni iş bilan ta’minladim. Şuningdek, Amerika Qöşma Ştatlari bilan yoşlarni tadbirkorlikka öqitiş va tajriba almaşiş böyiça hamkorlik şartnomalarini imzoladik.

Ğoliblar diplom, taşakkurnoma va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar. Şuningdek, nominatsiyalar böyiça peşqadam tadbirkor ayollar ham alohida e’tirof etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?