Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 16-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Farovon oila — o‘zaro hurmat, himoya va ishonchdan boshlanadi

15.09.2026
49

Qarshi tumanida O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi va “Farovon oila” loyihasi doirasida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda 120 nafar mutaxassis, faol xotin-qizlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Muloqotda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ayollarning huquqiy madaniyatini oshirish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati sudi, Koson tuman sudi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, IIB, reabilitatsiya markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ishtirok etib, ishtirokchilarga huquqiy va amaliy tavsiyalar berdi. Bunday muloqotlar xotin-qizlarning o‘z huquqlarini bilishi, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmasligi hamda zarur vaziyatda mutasaddi idoralarga murojaat qilish bo‘yicha aniq tushunchaga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir ishtirokchisi G. Xolmurodova ta’kidlaganidek, oiladagi tinchlik va totuvlik, avvalo, o‘zaro hurmat va bir-birini tushunishdan boshlanadi.
Farovon oila — faqat moddiy ta’minlangan xonadon emas, balki har bir a’zo o‘zini himoyalangan, qadrlangan va ishonchli muhitda his qiladigan oiladir. Shu ma’noda, mazkur loyiha muammolarni erta aniqlash va ularga tegishli tashkilotlar ishtirokida amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?