Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 29-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ishbilarmon ayol” tanlovining Xorazm viloyat bosqichida 3000 dan ziyod ishbilarmon xotin-qiz ishtirok etdi

28.08.2026
33

Xorazmda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy-respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tanlov viloyatdagi 500 dan ortiq mahalla va tadbirkorlik sub’yektlarida tashkil etilib, unda 3054 nafardan ziyod tadbirkor ayol ishtirok etdi. Saralash bosqichlari yakuniga ko‘ra 13 nafar eng istiqbolli ishbilarmon xotin-qiz viloyat bosqichida o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Hakamlar g‘oliblarni aniqlashda ish faoliyatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va qishloq xo‘jaligida samarali yechimlarni joriy etish kabi jihatlar alohida e’tibor qaratishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rin Xiva shahridagi “Khiva Plaza” MCHJ rahbari Lola Mirzayevaga, ikkinchi o‘rin “Shovot-Qumtepa” fermer xo‘jaligi rahbari Oychehra Tohirovaga, uchinchi o‘rin esa “Marjona tekstil” MCHJ rahbari Dilafro‘z Bekjanovaga nasib etdi. Shuningdek, yana 5 nafar ishbilarmon ayol qator maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Ta’kidlash kerak, “Khiva Plaza” mehmonxonasida 150 nafar xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa, “Shovot-Qumqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligida shifobaxsh giyohlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Tanlovda 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan “Marjona tekstil” korxonasida esa 70 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona o‘tgan yilda 200 ming AQSH dollarlik bolalar kiyimlari Rossiyaga eksport qilgan.

Tanlov ishtirokchilari xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliylashtirish biznesni rivojlantirishda “Ishbilarmon ayol” kabi loyihalarning ahamiyatini alohida e’tirof etishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?