“Yurakka yöl” aksiyasi doirasida 4 nafar fuqaroga nogironlik aravaçalari topşirildi
Izboskan tumanida O‘zLiDeP taşabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ötkazilgan “Yurakka yöl” aksiyasi insonparvarlik va mehr-oqibat namunasiga aylandi. Uşbu tadbir orqali partiya faollari imkoniyati çeklangan fuqarolar holidan xabar olib, ularga nafaqat moddiy, balki ma’naviy kömak ham körsatdilar.
Jumladan, “Şodlik” MFYda yaşovçi Şarifaxon Şarobiddinova, “Urganji” MFY “Oydinbuloq” köçasida istiqomat qiluvçi Abdulloh Muhsinjonov hamda “Haqqulobod” MFY “Zabardast” köçasida yaşovçi Ibodatxon Begijonova xonadonlariga taşriflar unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbir doirasida uşbu fuqarolarga nogironlik aravaçalari berildi. Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazib berilişi ularning qalbida çuqur minnatdorlik tuyğularini uyğotdi.
Bu amaliy yordamlar fuqarolarning kundalik hayotini yengillaştiriş bilan birga, ularning qalbida minnatdorlik va işonç tuyğularini mustahkamladi. Eng muhimi, ular özlarini jamiyat e’tiboridan çetda emasligini yana bir bor his etdilar.
“Yurakka yöl” aksiyasida partiya vakillari, deputatlar, ijtimoiy soha mutasaddilari va yoş volontyorlar faol iştirok etib, “Xalq bilan birga” ğoyasini amalda namoyon etdilar. Uşbu taşabbus insonga e’tibor va ğamxörlik eng oliy qadriyat ekanini yana bir bor tasdiqlab, jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.