Forişlik tadbirkorlar uçun imkoniyatlar yanada kengaymoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Foriş tumanida bölib, kambağallikni qisqartiriş va agrar sohadagi mavsumiy işlarning borişini örgandi.
Işçi guruh a’zolari bir qator MFY va aholi xonadonlariga bordilar, tumandagi ixtisoslaştirilgan maktab, qator tadbirkorlik subyektlari, fermer xöjaliklari faoliyati bilan tanişdi.
Tumanda mahallalarda tomorqa va uy xöjaliklaridagi imkoniyatlardan samarali foydalaniş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş va kambağallikni qisqartiriş böyiça olib borilayotgan işlar holati örganildi.
Şuningdek, mamlakatimizda odamlarga qulaylik yaratiş, ularning turmuş farovonligini yuksaltiriş, real daromadlarini oşiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar mohiyati keng jamoatçilikka yetkazildi.
Mahallalarda va xonadonlarda aholi bilan ötkazilgan muloqotlarda fuqarolar “mahalla yettiligi” faoliyati yölga qöyilganligidan mamnun ekanliklari, ular aholi muammolarini tezkor va samarali hal etiş imkonini berayotganini bildirdilar.
Aholi vakillari bilan samimiy ruhda ötgan uçraşuvlar çoğida mahalla faollari, yoşlar, biznes vakillari özlarini öylantirib kelayotgan 10 dan ortiq masalalarni örtaga taşlaşdi. Aksariyat masalalar fraksiya rahbari taşabbusi bilan joyida bartaraf etildi, vaqt talab qiladiganlari esa nazoratga olindi.
Sönggi yillarda tumanda barça sohalar qatori soğliqni saqlaş sohasida ham katta özgarişlar bölmoqda. Ayni paytda hududda 223 örinli 1 ta markaziy şifoxona, 12 ta şifokorlik punkti, 1 ta oilaviy poliklinika, 2 ta filial va 5 ta yangi taşkil topgan tibbiyot punktlari aholi xizmatiga şay.
Mazkur uçraşuvlar davomida A.Xaitov tumandagi qator tibbiyot muassasalari faoliyati, ularda bemorlar uçun yaratilgan şaroitlar, qulayliklarni közdan keçirdi. Örganişlar davomida “Uçma” MFY aholisi tibbiyot muassasasiga 30 kilometr yöl bosib kelayotgani ma’lum böldi.
Fuqarolar “Uçma” va “Oq toş” MFY aholisi uçun yangi oilaviy şifoxona taşkil etiş lozimligini bildirdi. Uşbu masala nazoratga olinib, tegişli vazirliklar birgalikda hal etiş çoralarini köriş belgilab olindi.
Işçi guruh a’zolarining navbatdagi manzili — “Basalt Uzbekistan” klasteri böldi. Bu yerda ular işçi-xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Hudud iqtisodiyotida yetakçi örin tutuvçi uşbu korxonada 1300 nafar kişi mehnat qilmoqda.
A.Xaitov klaster faoliyati bilan yaqindan tanişib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, biznes vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça olib borilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi. Şu bilan birga, korxona faoliyatini yanada kengaytiriş, mahsulotlar turini köpaytiriş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitovning uçraşuvlari davom etmoqda.