Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Fraksiya a’zolari Davlat budjetining 9 oylik ijrosini ma’qulladi

16.12.2025
1004

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasi uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Uşbu qonun loyihasi bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslariga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda. Xususan, Jinoyat kodeksi aholi salomatligi va genofondiga qarşi jinoyatlarga oid alohida bob bilan töldirilib, aholi salomatligi va genofondiga jiddiy xavf soluvçi jinoyatlar uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi yangi moddalar kiritilyapti.

Şuningdek, Jinoyat kodeksiga narkotiklarning noqonuniy muomalasiga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste’mol qiliş yöli bilan homiylik (rahnamolik) qiliş hamda ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş va uning faoliyat yuritişini ta’minlaş kabi qilmişlar uçun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi yangi normalar belgilanmoqda.

Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari qonun loyihasida nazarda tutilayotgan ayrim normalar böyiça öz fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdi. Deputatlar qonun loyihasining qabul qilinişi aholi salomatligini muhofaza qiliş, millat genofondini asraşga xizmat qilişini e’tiborga olib, uni qöllab-quvvatladilar.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining joriy yil töqqiz oyidagi ijrosi töğrisidagi hisobot ham körib çiqildi.

Ma’lum qilinganidek, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida barqaror iqtisodiy ösiş dinamikasi kuzatilmoqda. Xususan, ötgan töqqiz oyda yalpi içki mahsulot hajmi 7,6 foizga, bozor xizmatlari 14,0, sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş 6,8, quriliş işlari 14,2 va qişloq xöjaligi 4,1 foizga ösgan.

Deputatlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, tadbirkorlikni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş borasida budjet mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, tadbirkorlar uçun joriy yilning töqqiz oyida qöşilgan qiymat soliğidan manfiy farqni qoplaş uçun soliq tölovçilarga 18,1 trln. söm miqdoridagi tuşumlar, şuningdek 1,4 trln. söm miqdoridagi keşbek summalari qaytarib berilgani, jarimalar soni va miqdorlari qisqartirilayotgani, budjetdan subsidiyalar taqdim etilayotgani, soliq imtiyozlari berilayotgani tadbirkorlik faolligini oşiriş uçun imkoniyatlar sifatida baholandi.

Muhokamalardan söng, deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining joriy yil töqqiz oyidagi ijrosi töğrisidagi hisobotni ma’qulladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?