Fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olindi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab Prezidentimiz raisligida mahalla tizimini yanada takomillaştiriş va joylarda işlarni samarali taşkil etiş masalalari yuzasidan bölib ötgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan vazifalarning ahamiyati haqida söz yuritildi.
Deputatlar mahallalarda “yettilik” tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratiş kabi 100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tuşirilgani hisobiga 7,5 million fuqaro kambağallikdan çiqarilganini alohida qayd etdilar.
Mahallalarda tadbirkorlik loyihalarini kengaytiriş böyiça olib borilayotgan işlar, jumladan, şu paytgaça 7 mingta mahalla meva-sabzavot, gulçilik, asalariçilik, tikuvçilik, mebelsozlik, savdo va servis kabi 15 ta yönalişga ixtisoslaşgani va 3 ming 326 ta mahalladagi 50 foiz xonadon bu tizim bilan qamrab olingani urğulandi.
Yiğilişda davlatimiz rahbarining Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti hamda mazkur majmua qurilişi boşlanişiga bağişlangan marosimdagi iştiroki xususida ham fikr almaşildi.
Xalq vakillari uşbu aeroport yiliga 20 mln yölovçi va 129 ming tonna yukni qabul qiliş va soatiga 30 ta uçiş-qöniş operatsiyasini amalga oşiriş imkoniyatiga egaligi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Şundan söng, “Sud-ekspertlik faoliyati töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Uşbu loyiha bilan nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçi muassasa (taşkilot)larning öz faoliyat yönalişi böyiça sud-ekspertlik faoliyatini amalga oşirişiga ruxsat beriş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, sud ekspertizasi tadqiqotlarini ötkazişda ilğor xorijiy tajribadan keng foydalaniş imkoniyatini yaratiş maqsadida sud ekspertizasini tayinlovçi organga (şaxsga) öz taşabbusi bilan yoki davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining iltimosnomasiga asosan sud ekspertizasi sohasidagi xorijiy davlat mutaxassislarini sud eksperti sifatida jalb etiş huquqi berilmoqda.
Deputatlar mazkur qonun loyihasi sud ekspertlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlaş, ekspertiza xulosalarining işonçliligini yanada oşirişga qaratilganini e’tiborga olib, uni qöllab-quvvatladilar.
Yiğilişda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.