Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Gulistonlik saylovchilar O’zLiDePning ta’limni rivojlantirishga oid tashabbuslarini yuksak boholashdi

18.10.2024
130

Guliston shahridagi Yoshlar markazida sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdik. Tadbirda partiya faollari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda yurtimizda kambag‘allik ko‘lamini ikki karra kamaytirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqish, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit hajmini har yili 30 foizga oshirib borish O’zLiDePning ustuvor vazifasi ekani qayd etildi. Shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin qisqartirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish kabi vazifalar ham partiyamizning keyingi besh yillikdagi ustuvor vazifasi aytib o‘tildi.

Tadbir qatnashchilari davlat tashkilotlaridan mustaqil bo‘lgan nodavlat “ta’lim auditi” tizimini joriy qilish, professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga erishish, yoshlarimizni “Top-100” global ro‘yxatga kirgan universitetlarda ta’lim olishi uchun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini joriy etish bo‘yicha partiya o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar ahamiyatidan kelib chiqib, yaqinlashib kelayotgan saylovda O’zLiDePga ovoz berishlarini ta’kidlashdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?