Gulsora Habibullayevaning farzandini oliy o‘quv yurtida o‘qishi uchun shartnoma puli to‘lab beriladi
O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etdi.
Qabulda “Haqiqat” ko‘chasida yashovchi Obidjon Umataliyevning elektr ustunlarining yaroqsiz holati bo‘yicha murojaati tuman elektr tarmoqlari mas’ullari tomonidan joyida o‘rganilib, shu kunning o‘zida hal etildi. Gulsora Habibullayevaning farzandini oliy o‘quv yurtida o‘qishi uchun shartnoma puli to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, yo‘l va infratuzilma, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda kommunal xizmatlar yo‘nalishidagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.