Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Gʻijduvonda 174 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

04.11.2026
168

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Salomatlik sari” loyihasi aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Loyiha doirasida Gʻijduvon tumanidagi “Javgari” MFY hududida joylashgan 31-sonli oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, ayniqsa, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish va kasalliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tibbiy ko‘rik davomida hududdagi 36 ta oiladan 174 nafar fuqaro terapevt, pediatr, ginekolog va nevropatolog kabi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdi. Shuningdek, UZI tekshiruvlari amalga oshirilib, murojaatchilarga salomatlikni asrash va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur maslahatlar berildi. Tadbir doirasida aholiga 7 xil turdagi dori-darmon vositalari, siroplar, yoshga mos ko‘zoynaklar hamda tibbiy-ma’rifiy bukletlar tarqatildi.

“Salomatlik sari” kabi xayrli tashabbuslar tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va insonlarda o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan bunday loyihalar orqali aholi salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga hissa qo‘shmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?