Asosiy kontentga o‘tish
Juma 29-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalqobod”da O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan yangi maktab qurilishi boshlandi

28.08.2025
60

Joriy yil aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Viktor Pak o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda saylovchilar “Xalqobod” MFYdagi 24-maktabning ta’mirtalab holda ekanini bildirib, maktab binosini qayta qurishda xalq vakilidan ko‘mak so‘rab murojaat qilishgandi.
Deputat mazkur muammoni yechish maqsadida tashabbus ko‘rsatib, Janubiy Koreyaning “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi menejeri Park Minchol bilan muzokara olib bordi. Natijada 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 240 o‘rinli yangi, zamonaviy o‘quv binosi qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bugun mazkur fond ko‘magida barpo etilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy raqamli maktabning tamal toshi qo‘yildi. Tantanali marosimda qatnashgan hudud aholisi mazkur xayrli ish yurtimiz mustaqilligining 34 yillik bayramiga katta tuhfa bo‘lganini e’tirof etishmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?