Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Har bir fuqaro uçun munosib mehnat: bandlikni oşiriş va kambağallikni kamaytiriş yölida

26.11.2025
750

Mamlakatimizda sönggi yillarda inson qadrini uluğlaş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş, oilalar daromadini oşiriş, xalqimiz uçun farovon hayot şaroitlarini ta’minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.

Yangi Özbekistonda barça islohotlar “Inson qadri uçun” degan tamoyil asosida amalga oşirilib, Asosiy qonunimizda ham pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölmasligini qat’iy belgilab qöyildi.

Faol investitsiya siyosati tufayli şu yilning özida 35 milliard dollar sarmoya evaziga 9 mingdan ortiq yangi korxona, 300 mingga yaqin yuqori daromadli iş örni taşkil etilmoqda. Qulay işbilarmonlik muhiti hisobiga ötgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor özining barqaror biznesiga ega böldi.

Har bir mahallaga biznes muhiti, har bir oilaga farovonlik kirib borganini bugun odamlar öz hayotida his etmoqda. Eng muhimi, qisqa davrda uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar esa xalqaro taşkilotlar, ekspertlar e’tiborini tortmoqda.

Ötgan davrda bu yönalişdagi işlarni quyida töğri taşkil qiliş, mahallama-mahalla yurib, yangi taşabbuslarni topib, odamlar hayotini yaxşilaşga mas’ul bölgan viloyat, tuman hokimlari va ular xodimlarining moddiy va texnik imkoniyatlari tubdan yaxşilangani alohida e’tiborga molik.

Yil boşidan işsizlik 4,9 foizga tuşgan bölsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafşon, Ğozğon, Samarqand, Şirin şaharlarida işsizlik 4 foizdan pasayib, ilk bor “tabiiy işsizlik” darajasiga yaqinlaşdi. Eng muhimi, joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambağallikdan xoli” hududga aylandi.

Prezidentimiz raisligida şu yil 19-noyabr kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş borasidagi işlar sarhisob qilinib, kelgusi yil uçun ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Xususan, 2026-yilda kambağallik va işsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytiriş mutasaddilarning asosiy vazifasi bölişi kerakligi aytilib, buning uçun kelgusi yilda iqtisodiyotga 450 trillion söm kredit ajratilişi, 140 trillion sömi mahalladagi kiçik va örta loyihalar uçun berilişi belgilandi.

Sir emaski, aholi bandligini ta’minlaş, doimiy iş örinlarini köpaytiriş va fuqarolarning daromadini oşirişda sanoat loyihalari muhim örin tutadi. Şu sababli kelgusi yilda hududlardagi korxonalarda 52 milliard dollarlik sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş reja qilingan.

Bugungi kunda 400 ta mahalla mebelçilik, hunarmandçilik va tikuvçilikka ixtisoslaşgan bölib, tadbirkorlarning joyi kengaytirib berilsa, har biri yana 5-10 kişini işga olişga tayyor. Bu borada tuman hokimlariga kelasi yilda sanoatga ixtisoslaşgan bunday mahallalarda 50 ta “mikro sanoat markazi”ni işga tuşirib, 10 ming nafar odamni işli qiliş topşirilgani ayni muddao böldi.

Oğir hayotiy vaziyat sababli kambağallikka tuşib qolişi xavfi yuqori bölgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam körsatiş yölga qöyiladi. Bularning barçasi eng avvalo, inson qadrini uluğlaş, odamlarning turmuş şaroitini yaxşilaş va aholi bandligini oşirişga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda kambağallikni qisqartiriş böyiça katta işlar amalga oşirilmoqda va uning natijasini har bir yurtdoşimiz öz hayotida his qilib turibdi. 2030-yilga borib esa Özbekiston mutlaq kambağallikka töliq barham berişni maqsad qilgan.

Yiğilişda kambağallik va işsizlikni kamaytiriş böyiça kelgusi yil uçun qöyilgan aniq maqsad va vazifalar albatta, biz deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Demak, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan ta’sirçan nazoratni olib borişga ustuvor ahamiyat qaratişimiz lozim böladi.

 

Jasurbek ŞODIYEV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?