Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Har bir taşabbus xalqimiz turmuşini yaxşilaşga xizmat qiladi

27.01.2026
498

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab Prezidentimiz raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça 2026-yilda amalga oşirilişi lozim bölgan asosiy vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida ilgari surilgan takliflar haqida söz yuritildi.

Deputatlar davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan har bir taşabbus xalqimizning turmuş sifatini yaxşilaş, mahallalarni obod va farovon hududlarga aylantiriş, inson manfaatlarini himoya qiliş, ularning daromadlarini oşirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga egaligini qayd etdilar.

—Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş uçun yirik hajmda kreditlar ajratilişi mahallalarda yangi iş örinlari yaratişga kuçli turtki beradi, — dedi fraksiya a’zosi Sevara Ubaydullayeva.— Biz davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barça taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Çunki partiyamiz çekka hududlarni rivojlantiriş, aholi, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etişni özining ustuvor maqsadlaridan biri, deb biladi. Şundan kelib çiqib, belgilangan vazifalarning ijro etilişi ustidan ta’sirçan parlament nazoratini örnatişimiz lozim böladi.

Yiğilişda yarim tayyor zargarlik buyumlarini Özbekiston Respublikasining bojxona hududidan taşqariga olib çiqiş tartibini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi atrofliça muhokama qilindi.

Uşbu qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallardan yasalgan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Özbekiston Respublikasi bojxona hududidan taşqariga olib çiqişda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini oliş nazarda tutilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş davomida mas’ul qömita tomonidan bir qator işlar amalga oşirilgani, jumladan, fraksiya a’zolari takliflari asosida loyiha matni yanada takomillaştirilganini qayd etdilar.

Şuningdek, qonun loyihasining qabul qilinişi mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantiriş hamda qonuniy faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişini e’tiborga olib, uni ma’qulladilar.

Fraksiya yiğilişida boşqa bir qator qonun loyihalari ham körib çiqilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?