Harbiy forma tikiş – bu mening Vatanga bölgan muhabbatim
Ayni kunlarda "Işbilarmon ayol - 2025" körik-tanlovining respublika böylab mahallalarda saralaş bosqiçlari ötkazilmoqda. Şovot tumanida taşkil qilingan körik-tanlovda 23 ta mahalla fuqarolar yiğinlaridagi eng faol va ilğor tadbirkor ayollar bellaşişdi.
Ana şunday tadbirlardan biri Şovot tumanidagi “Asavey” MFYda bölib ötdi. Unda iştirok etgan Zebo Yusupova buyurtma asosida maxsus kiyimlar işlab çiqariş bilan şuğullanib kelmoqda. “Zilola 95” xususiy korxonasi bir neça yillardan buyon maxsus iş kiyimlari, ayniqsa, harbiy formalar tikişga ixtisoslaşgan.
- Asosiy yönalişimiz - harbiy kiyimlar tikiş, - deydi “Zilola 95” xususiy korxonasi rahbari Z.Yusupova. - Bu iş bizga faxr tuyğusini baxş etadi. Çunki yurtimiz ravnaqi, xavfsizligi va tinçligi uçun xizmat qilayotgan insonlar kiyadigan formani sifatli, qulay va zamonaviy qilib tayyorlaş - biz uçun şaraf. Yurtimiz rivojiga öz hissamizni qöşayotganimizni his qiliş bizga yanada ilhom va kuç-ğayrat beradi.
Bugungi kunda korxonada 5 nafardan ortiq mahalliy xotin-qizlar doimiy iş bilan ta’minlangan. 30 xil turdagi mahsulotlar tayyorlanib aholiga yetkazib berilmoqda.
Tadbir davomida eng faol, taşabbuskor va ilğor loyihalar egasi bölgan xotin-qizlar tanlab olinib, ular tanlovning navbatdagi tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi.