Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Hisobot-saylov yig‘ilishlari partiya faolligini yanada kuchaytirmoqda

16.03.2026
112

Ayni kunlarda partiya quyi bo‘g‘inlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari qizg‘in tarzda o‘tmoqda. Mazkur jarayonlar partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish, elektorat manfaatlarini himoya qilish va hududlardagi dolzarb muammolarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari mahallalar va mehnat jamoalaridagi muammolarni yaxshi bilishi bilan ularni partiyaviy vositalar orqali hal etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Jizzax viloyat hududiy partiya tashkilotida 1305 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat yuritib, ular o‘z saflarida 172,5 mingdan ziyod faollarni birlashtirgan. Bugunga qadar 438 ta quyi bo‘g‘inda hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tayotgan ushbu yig‘ilishlarda 37 ta quyi bo‘g‘in yetakchisining faoliyati qoniqarsiz deb topilib, ular o‘rniga yangi raislar saylandi. Quvonarli jihati, ularning 13 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Shuningdek, hisobot-saylov yig‘ilishlarida quyi bo‘g‘inlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va aholi muammolariga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, kelgusi faoliyat uchun aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?