Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 06-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Hududiy partiya tashkilotlari xodimlari uchun mobilografiya bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

02.10.2025
119

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy partiya tashkilotlari xodimlari uchun mobilografiya bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir partiya Kengashlari faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda zamonaviy va sifatli tarzda yoritishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘quv-seminarni partiya raisining o‘rinbosari J. Meliboyev ochib berdi va bugungi kunda axborot maydonida tezkor, aniq va ta’sirchan kontent tayyorlash har bir xodim uchun zamon talabi ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng soha mutaxassislari qatnashchilarga mobilografiyaning asosiy qoidalari, zamonaviy usullari va amaliyotda qo‘llaniladigan vositalar haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Seminar davomida ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, samarali foto va videokontent yaratish yo‘llarini namoyish etdilar.

Tadbir jarayonida hududiy Kengashlar xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, mutaxassislardan aniq va amaliy javoblar oldilar. O‘quv-seminar ishtirokchilari ta’kidlashicha, bunday mashg‘ulotlar partiya faoliyatini yanada samarali yoritish va jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirishda katta imkoniyatlar yaratadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?