Ikki tomonlama imzolangan hujjatlar ishbilarmon doiralar o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga xizmat qiladi
Davlatimiz rahbari Samarqand shahridagi Kongress markazida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynni qabul qildi va muzokara o‘tkazdi.
Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashini ishga tushirib, joriy yil yakunigacha ularning ilk yig‘ilishini o‘tkazish taklifi bildirildi. Ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilari ishtirokida O‘zbekiston–Iordaniya biznes forumining o‘tkazilishi ishbilarmon doiralar o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga xizmat qiladi. Shuningdek, madaniy, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, shu jumladan qo‘shma madaniyat haftaliklari, konsertlar, ekspozisiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish orqali yanada faollashtirishga tayyorlik bildirildi.
Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi va vizasiz rejim joriy qilinishi ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
O‘zLiDeP Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi bilan imzolangan hujjatlar ikki mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari, aynisa, savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim qadam deb hisoblaydi. Bu kelushuvlar birinchi navbatda tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildiradi.