Ilmiy xodimlar maoşi 2 baravarga oşiriladi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov, partiyadan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda mahallliy Kengaşlar deputatligiga körsatilgan nomzodlar iştirokida saylovçilar bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan 5 maqsad va 500 vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, oliy ta’lim muassasalariga qamrov kelgusi 5 yilda 50 foizga yetkaziş, ilmiy salohiyatni 70 foizga çiqariş, ilmiy xodimlarning maoşini 2 baravarga oşiriş böyiça takliflarni partiya qöllab-quvvatlaşi ta’kidlandi. Şuningdek, kelgusi yillarda oliygohlar uçun 120 ming örinli öquv binolari, 150 ming örinli talabalar turar joylarini quriş borasidagi vazifalar ijrosini nazoratga olinişini ta’minlaşi aytib ötildi.
- Uçraşuv menda katta taassurot qoldirdi. Çunki siyosiy partiyalarning dasturlari juda mukammal işlab çiqilgan. Ayniqsa, men O‘zLiDePning saylovoldi dasturida öz hayotimni, kelajagimni körganday böldim. Çin ma’noda bu hujjat hayotiy va odamlar turmuş tarziga juda yaqin, - deydi TISU talabasi Sevinç Qöziboyeva.
Tadbirda sözga çiqqanlar partiyaning asosiy maqsadi Özbekistonni baxtli, erkin insonlar yaşaydigan mamlakatga aylantiriş ekanligini aytişdi va barça saylovçilarni O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.