Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkasidan foydalaniş bilan boğliq munosabatlar takomillaştirilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan — qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkasidan foydalaniş bilan boğliq munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda körib çiqildi.
Mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va şaffoflikni ta’minlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi, qayta işlovçi va sotuvçi subyektlar örtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari, fermer, dehqon xöjaliklarining öz tovarlari (işlari, xizmatlari) narxini erkin belgilaşni, ularning faoliyatiga ayrim mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan aralaşişning oldini oliş böyiça qonunçilikdagi normalarni mustahkamlaş zarurati yuzaga kelyapti.
Uşbu qonun loyihasi bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarda tovarlar (işlar, xizmatlar) va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişiga va (yoki) realizatsiya qilinişiga aralaşganlik yoxud tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilanyapti.
Yer kodeksi, “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunga qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkasining ijaraçisi ijaraga oliş şartnomasi böyiça öziga ijaraga berilgan ikki yoki undan ortiq yer uçastkalaridan biri yoki bir neçtasi böyiça öz huquqlari va majburiyatlarini boşqa şaxsga ötkazişi (qisman qayta ijaraga berişi) nazarda tutilyapti.
Şu bilan birga, fermer xöjaligi boşliği tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga yöl qöyilmaydigan işga qabul qilingan taqdirda fermer xöjaligini öz oila a’zolaridan biriga berişi mumkinligi taklif etilmoqda.
Deputatlarning fikriça, uşbu qonun loyihasi qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalaridan samarali foydalaniş, mahsulotlar yetiştiruvçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va ularning moliyaviy imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan.
Qonun loyihasining muhokamasi davom etmoqda.