Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar muomalasi bilan boğliq munosabatlar takomillaştirilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida transport xizmati körsatişni taşkil etiş tizimini takomillaştiriş, valyuta, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar muomalasi bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan qator qonun loyihalari körib çiqildi.
Dastlab Prezidentimizning hududlar rivoji, islohotlar natijadorligi bilan yaqindan tanişiş maqsadida şu yil 19-20-iyun kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaşda ÖzLiDeP fraksiyasi oldida turgan muhim masalalar muhokama qilindi.
Fraksiya a’zolari Xuşvaqt Xaitov, Nargiza Salomova va boşqalar uşbu taşrifning ahamiyati haqida töxtalib, viloyatni kompleks rivojlantiriş böyiça belgilab berilgan ustuvor vazifalar deputatlar, partiya faollari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaşini qayd etdilar.
Deputatlar korpusi saylov okruglaridagi faoliyatlari davomida belgilab berilgan har bir toşiriq va vazifalarning mazmun-mohiyatini mahalliy ijro organlari rahbarlariga yetkazişlari va jamoatçilik nazoratini yölga qöyişlari lozimligi urğulandi.
Yiğilişda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar muomalasi bilan boğliq munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi qizğin keçdi.
Ma’lum qilinganidek, keyingi yillarda valyuta sohasini takomillaştiriş, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarning muomalada bölişi sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalasiga qarşi kuraşiş sohasida bir qator muammolar va huquqiy böşliqlar mavjud bölib, ularni bartaraf etiş zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Uşbu qonun loyihasi valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar sohasidagi qonun hujjatlarini bir xilda qöllanilişiga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga hamda jinoyat uçun jazoning muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgan.
U bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni qonunga xilof ravişda olganlik yoki ötkazganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda.
Şuningdek, qonun hujjatlaridagi valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar sohasidagi tuşunçalar özaro muvofiqlaştirilmoqda. Qolaversa, valyuta tuşumining bir qismini majburiy sotişdan böyin tovlaganlik uçun ma’muriy javobgarlikni bekor qiliş közda tutilyapti.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari Otabek Musurmonov, Saydullo Azimov va boşqalar hujjatning ahamiyatiga e’tibor qaratib, undagi ayrim normalar böyiça qonun taşabbuskorlarini savollarga tutişdi. Mutasaddilar kötarilgan masalalarga oydinlik kiritib, berilgan takliflar uni takomillaştiriş jarayonida e’tiborga olinişi va ular asosida hujjat matni maromiga yetkazilişini ta’kidlaşdi.
Yiğilişda “Ijtimoiy iş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Fraksiya a’zosi Mavluda Ibragimova qonun loyihasining mohiyatiga töxtalib, u bilan ijtimoiy iş sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ijtimoiy iş taşkil etiladigan sohalar, ijtimoiy işni taşkil etişda idoralararo hamkorlik, ijtimoiy xodimning maqomi, vazifalari va majburiyatlari hamda maxsus vakolatli davlat organi va uning vakolatlari belgilanayotganini ta’kidladi.
Deputat şuningdek, uşbu hujjat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş va mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solişga qaratilganini qayd etib, fraksiya a’zolarini uni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
Yiğilişda kun tartibidan örin olgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.