Imzo yiğiş tadbirlarida ÖzLiDePçilar faol
Ma’lumki, joriy yilning 27 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi hamda mahalliy kengaşlarga saylov bölib ötadi. Saylov qonunçiligiga köra, siyosiy partiya saylovda iştirok etişi uçun saylov kampaniyasi boşlangani e’lon qilingan kundan kamida tört oy oldin Adliya vazirligida röyxatga olingan bölişi lozim. Şuningdek, saylovda iştirok etişini qöllab-quvvatlovçi kamida 40 ming saylovçining imzosini töplaşi zarur.
ÖzLiDeP tomonidan ham imzo yiğiş tadbirlari uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda. Xususan, partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Jizzax, Navoiy, Namangan va Andijon viloyatlari Kengaşi tomonidan joylarda aniq reja asosida taşkil etilayotgan tadbirlar partiyaga xayrixoh bölgan fuqarolarning faolligi bilan ötmoqda.
Partiyaning saylovda iştirokini qöllab-quvvatlayotganlar ÖzLiDeP faoliyati, maqsad va ğoyalari töğrisida öz fikrlarini bildirmoqda. Partiyaning fuqarolar bandligini töliq ta’minlaş va mehnatga munosib haq tölaş, yangi iş örinlarini yaratiş, mehnat bozori infratuzilmasining muvozanatlanganligi va rivojlanişiga erişiş, işsizlik darajasini qisqartiriş – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga qaratilgan taşabbuslari aholi vakillari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Imzo yiğiş jarayonlari barça hududlarda qizğin davom etmoqda.