Imzo yiğiş jarayonlari start oldi
Xabaringiz bor, 27 iyul kuni ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi majlisida partiyaning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovda faol qatnaşişi böyiça qaror qabul qilingan edi.
Ayni kunlarda partiya tomonidan uşbu siyosiy jarayonga qizğin tayyorgarlik körilmoqda. Albatta, siyosiy partiyalarning saylov kampaniyasi davridagi iştiroki öziga xos jarayonlarni qamrab oladi. Ana şulardan biri imzo töplaş jarayonlaridir.
Kuni keça Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari röyxatga olinib, ularga partiyaning saylovda iştirok etişini qöllab-quvvatlovçi saylovçilar imzosini töplaş uçun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topşirildi.
Uşbu imzo töplaş jarayoni heç şubhasiz partiyalarning tarğibot davrida öz elektorati va saylovçilar işonçini qozoniş bilan boğliq bölgan ilk qadam ham deyiş mumkin.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham bölajak saylovda iştirok etiş uçun saylovçilar imzolarini töplaşga kirişdi.
Partiya tomonidan aholi gavjum joylarda imzo yiğiş punktlari taşkil etilmoqda. Mazkur jarayon partiyaning 15 mingga yaqin boşlanğiç taşkilotlari, fuqarolarning iş, xizmat, öqiş, yaşaş va boşqa joylarda uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda.
Qonunçilikka köra siyosiy partiyalar bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyat, Toşkent şahri) qirq ming saylovçining köpi bilan sakkiz foiz imzosini töplaşi mumkinligi belgilangan.
Imzolarni töplaş jarayonida saylovçilar tomonidan partiyamizning ötgan yillarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, yoşlar va ayollarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, qonunçilikni takomillaştiriş hamda saylovçilar bilan oçiq muloqotlarda kötarilgan muammolarni hal etiş yönalişidagi amaliy işlari e’tirof etilmoqda.
ÖzLiDeP 2024 yilgi parlament saylovlariga özining mutlaqo yangi strategiyasi bilan kirib kelmoqda. Saylovlarga tubdan yangiça yondaşişni közda tutgan strategiya dorasida ÖzLiDeP xalqning içiga yanada faolroq kirib borişi, uyma-uy yurib, 3 milliondan ortiq xonadonga kirib çiqişni, har bir saylovçiga partiya ğoyalarini yetkazişni, ularning taklif-mulohazalarini olişni maqsad qilgan.