Inklyuziv ta’lim va bandlik bo‘yicha takliflar ilgari surildi
O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Samarqand viloyati bo‘limida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev, partiya Samarqand viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov, jamiyat rahbariyati va faollar ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi o‘rni va imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.
Davra suhbatida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, ular uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida Samarqand davlat universiteti doktoranti, I guruh nogironi Mohigul Tohirova tomonidan qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar bildirildi. Ushbu takliflar ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, inklyuziv jamiyatni shakllantirishda ochiq muloqot va hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.