Shanba 08-Fevral 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Inklyuziv jamiyat sari

23.01.2025
136

Bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiyaqo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilikpalatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratikpartiyasi fraksiyasi hamkorligida “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha jamoat joylarida nogironligi bo‘lganshaxslarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun infratuzilmani ixtisoslashtirish va moslashtirish, barcha ta’lim bosqichlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquqli ta’lim olishiga sharoit yaratish, ularning uydagi ta’lim shaklidan chiqib, jamoa muhitida ta’lim olishlarini taminlashni maqsad qilgan.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini tashkil qilish, tadbirkorlikka o‘rgatish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishmaqsadida tadbirkorlar orasida amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar bilan tanishtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, jamiyatda hurmat, bag‘rikenglik va insonparvarlik qadriyatlarini qaror toptirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish ham loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Bundan tashqari, loyiha orqali aholini nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joriy etilgan imtiyozlar hamda xuquqlaridan xabardor qilish rejalashtirilgan.

Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ularni ish bilan ta’minlash masalasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, bilim yurtlari va oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni bevosita uzluksiz inklyuziv ta’lim olishida yaqindan ko‘maklashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ta’limning uydagi shaklini tadrijiylik asosida kamaytirish va nogironligi bo‘lganshaxslarni bevosita ta’lim muassasalarida o‘qishga jalb qilish, ta’lim muassasalarida O‘zLiDePning ko‘ngilli yoshlar klublarini tashkil etish va bu klublar orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarning ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, do‘konlar, supermarketlar, bozorlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va aholiga xizmat ko‘rsatish joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik yaratish bo‘yicha loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?