Inson fikriga raqobatçi: Sun’iy intellekt hayotimizga qanday singib bormoqda?
Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi şaroitda davlat va jamiyat boşqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, qöyingki barça sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş urfga kirmoqda.
Sun’iy intellekt bugun turli yönalişlarda inson oğirini yengil qilayotgan bölsa, ilğor mamlakatlar undan millionlab, milliardlab dollar daromad körmoqda. Mamlakatimizda ham axborotlaştiriş va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş orqali 2030 yilga qadar innovasion taraqqiy etgan yetakçi davlatlar qatoridan örin egallaş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat ijtimoiy hayotning barça jabhalariga kirib bormoqda, balki soha va tarmoqlarning samarali faoliyati uçun ijobiy ta’sir körsatmoqda. U muayyan vazifalarni bajarişda inson xatti-harakatiga taqlid qilişga qodir bölgan tizim yoki texnologiya bölib, ma’lumotlarni yiğiş, tahlil qiliş kabilarni öz içiga oladi.
Töğri, sun’iy intellekt texnologiyalari odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlaştiriş orqali samaradorlikni oşirişga yordam beradi, lekin endilikda uning qamrovi yanada kengaymoqda. Hozirda sun’iy intellekt bilan odamlarning xarakterini, qobiliyatlarini, xodimning işga bölgan qaraşlarini ham aniqlab oliş mumkin.
Texnologiyalar misli körilmagan sur’atda rivojlanib, SI kundalik jarayonlarga tobora çuqurroq singib bormoqda: mijozlarga xizmat körsatişdan tortib boşqaruv qarorlarini qabul qilişgaça. Yurtimizda ham sun’iy intellektni joriy etişni yanada jadallaştiriş, ilğor tajribani amaliyotga tatbiq etiş böyiça muayyan işlar amalga oşirilayotir.
Xususan, 2030 yilgaça möljallangan Sun’iy intellektni rivojlantiriş strategiyasi qabul qilinib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz taşkil etildi. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt loyihalarini joriy etiş maqsadida 50 million dollar mablağ ajratilgan.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida davlat boşqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etiş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida sohani rivojlantirişning istiqbollari belgilab berildi.
Tahliliy ma’lumotlar sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş hamda uni moliyalaştiriş hajmi oşib borayotganini körsatmoqda. Yil boşida 2030 yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetişi prognoz qilingan bölsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortişini körsatmoqda.
Sun’iy intellekt sohasini barqaror rivojlantiriş uçun kadrlar tayyorlaş muhim ahamiyatga ega. Jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar şuni körsatmoqdaki, kelgusi 5–10 yil içida SI bilan boğliq mutaxassisliklar eng talab yuqori bölgan sohalar qatorida böladi. Sohada kadrlar tayyorlaşni eng avvalo, maktablardan boşlaş kerak, deb öylayman. Yiğilişda uşbu masalaga alohida urğu berilib, keyingi öquv yilidan “Informatika” fani öquv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritilişi, oliygohlarda esa sun’iy intellekt laboratoriyalari taşkil etilişi aytildi.
Umuman olganda, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş Özbekistonning raqamli transformatsiyasida strategik ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oşiradi, balki jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirişga ham xizmat qiladi. Şu nuqtai nazardan yiğilişda belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini örnatişimiz, sohaga doir qonunçilikni takomillaştirişimiz lozim böladi.