Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Insonlar yashashi uchun xavfsiz va qulay, biznes va investisiyalar uchun jozibador muhit

14.10.2026
112

Yangi Toshkent faqat uy-joylar quriladigan hudud emas, balki biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatish rivojlangan mustaqil iqtisodiy markaz bo‘ladi.

Bu haqida davlatimiz rahbari Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish bo‘yicha investor va tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Biroq hozirgacha tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlari davlat qurilishlari bilan solishtirganda ancha kam. Shu bois yer ajratish, ruxsat olish, infratuzilma to‘lovlari va loyihalarni kelishish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlar belgilandi.

Xususiy biznes uchun muhim yangiliklardan biri — xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy ob’yektlar qurilishiga berilgan imtiyozlardir. Savdo, servis va biznes markazlari uchun infratuzilma to‘lovlari 3 barobar, mehmonxona va turizm ob’yektlari uchun 5 barobar, madaniy-ko‘ngilochar ob’yektlar uchun 10 barobar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun esa to‘lov 1 foiz etib belgilanadi.

Yirik investorlar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan har bir loyihaga alohida mas’ul biriktirilib, investorga loyiha ishga tushgunga qadar hamrohlik qilinadi. Shuningdek, “50 million dollardan yuqori har bir loyihaga — bitta investisiya bitimi” tamoyili asosida investorning majburiyatlari va tavakkalchiligiga mos imtiyozlar paketi shakllantiriladi.

Yangi Toshkent nafaqat poytaxt, balki butun mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanadi. Har bir hudud va Toshkent shahri tumanlariga maxsus yer maydonlari ajratilishi mahalliy biznes vakillariga yirik loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?