Prezidentimiz Turkiy davlatlar uçun yangi taraqqiyot yölini taklif etdi
Bugun davlatimiz rahbari Ozarbayjonning Gabala şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida nutq sözladi. “Mintaqaviy tinçlik va xavfsizlik” mavzusidagi uçraşuvda davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştirişni asosiy yönaliş sifatida qayd etib ötdi. Turkiy investitsiya jamğarmasi doirasidagi rejalarni kelişiş maqsadida Turkiy davlatlarning iqtisodiy şeriklik böyiça doimiy kengaşini taşkil etiş vaqti kelganini qayd etdi.
Sammitda davlatimiz rahbari Kengaş doirasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun qator taşabbuslarni ham ilgari surdi. Jumladan, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansini tuziş va bu orqali maşinasozlik, kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmasevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat, quriliş materiallarini işlab çiqariş sohalarida yetakçi kompaniyalarimizning kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, özaro savdo hajmlarini keskin oşiriş va texnik reglamentlarni yaqinlaştiriş maqsadida “Turkiy yaşil yölaklar” elektron tizimini joriy etiş kabi taşabbuslar mamlakatlarimiz örtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada faollaştiradi.
Şuningdek, “yaşil energetika”, “yaşil vodorod va ammiak” loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, ilğor texnologiyalar, davlat va xususiy şeriklik mexanizmlarini keng tatbiq etiş uçun “Yaşil transformatsiya” konsorsiumini taşkil etiş, strategik minerallar bazasini özlaştiriş va qöşilgan qiymatli mahsulotlarni işlab çiqariş kabi masalalar ham Kengaşning doimiy e’tiborida turişi kerakligi qayd etildi.
Şu bilan birga, Prezidentimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda organik qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib berişda mamlakatlarimiz dunyo yetakçilariga aylanişi mumkinligiga alohida e’tibor qaratdi. Davlatlarimizning bu boradagi salohiyatidan kelib çiqib, sifatli va talab yuqori bölgan organik mahsulotlarni işlab çiqarişda ilmiy izlanişlar va seleksiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika aloqalarini kuçaytirişimiz lozimligi qayd etildi. Bu borada qişloq xöjaligi vazirlarimiz nazoratida Ekspert işçi guruhini taşkil etib, dastlabki “pilot” loyihalarni mamlakatlarimizda amalga oşiriş kabi taşabbuslar ilgari surildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barça takliflar dolzarbligi va hayotiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat mamlakatlarimiz örtasidagi biznes muhitini, balki özaro işonç va samimiyat ruhini ham yuksaltirişi şubhasiz.
Aktam XAITOV,
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi