Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 06-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ishbilarmon ayol” safiga siz ham qo‘shiling!

05.08.2026
36

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va yangi g‘oyalar ustida ishlayotgan xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z mahsulotlari va loyihalarini taqdim etdi.

Tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, yangi ishbilarmon ayollarni kashf etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Bunday loyihalar orqali ayollar o‘z biznesini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va oila daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Yakunlarga ko‘ra, Sanobar Qodirova 3-o‘rin, Gavhar Xolmatova 2-o‘rinni egalladi. Gilam to‘qish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Gavhar Xo‘janiyozova esa g‘olib deb topilib, tanlovning keyingi bosqichida Yakkabog‘ tumani sharafini himoya qiladi.

“Ishbilarmon ayol” tanlovi nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki tadbirkorlikka qiziqqan xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va hududlarda yangi tadbirkorlarni kashf qilishga xizmat qilayapti.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?