Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 01-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ishbilarmon ayollar – mahalla taraqqiyotining muhim tayanchi

30.06.2026
59

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqadasxon Axmedova Oltinko‘l tumanidagi “Uyshin” mahallasida joylashgan “Sabi Kids” xususiy bog‘chasida bo‘ldi.

Tadbirda tadbirkor ayol Salimaxon O‘rmonova va muassasa rahbari Hurriyatxonning mehnati e’tirof etildi. Bir yil avval 10 nafar bola bilan faoliyatini boshlagan bog‘cha bugungi kunda 92 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olgan. Shu bilan birga, 23 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mahalladagi suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?