Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 27-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ishbilarmon ayollar muvaffaqiyati e’tirof etildi

26.06.2026
41

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi va “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Qarshi shahrida “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda 60 nafar tadbirkor xotin-qiz o‘z faoliyati va yutuqlarini namoyish etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 3-o‘rin S. Yo‘ldoshevaga, 2-o‘rin H. Bo‘ronovaga nasib etdi. 1-o‘rinni esa milliy gilamchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan D. Rahmonova qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. U rahbarlik qilayotgan korxonada 250 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi hamda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?