Işonçli hamkorlikdan muştarak taraqqiyot sari
Turkmanistonning Avaza şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvi mintaqamiz sönggi yillarda qay darajada özgarganini yana bir bor tasdiqladi.Ilgari hal etilmagan muammolar va çeklangan iqtisodiy aloqalar bilan tavsiflangan mintaqa bugun özaro hamkorlik va integratsiyaning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda.
Bugun Markaziy Osiyo işonç, pragmatizm va muştarak iqtisodiy taraqqiyot makoniga aylanmoqda. Bu jarayonga 2017-yilda Prezidentimiz ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlarini taşkil etiş taşabbusi asos böldi. 2018-yilda Ostonada boşlangan muloqotlar Toşkent, Avaza, Çölpon ota, Duşanbe va Ostonada davom etdi. 2025-yil noyabrda Toşkentda ötkazilgan yettinçi sammitda Ozarbayjonning töla huquqli iştirokini ta’minlaş böyiça tarixiy qaror qabul qilindi.
Turkmanistondagi navbatdagi uçraşuv esa kengaytirilgan formatda ötkazilgan ilk sammit böldi. Davlatimiz rahbari öz nutqida şunçaki özaro savdoni köpaytirişdan qöşma sanoat va texnologik zanjirlarni yaratişga ötişni taklif etdi. Yangi yondaşuvning mohiyati «olti iqtisodiyot — bitta mahsulot» formulasida teran ifodalangan. Bu — bir neçta davlatlar korxonalari umumiy qöşilgan qiymatni şakllantirişda (xomaşyo va butlovçi qismlardan tortib qayta işlaş, yiğiş, logistika va tayyor mahsulot eksportigaça) faol iştirok etadigan mintaqaviy kooperatsiyaning sifat jihatdan yangi bosqiçidir.
Ozarbayjonning uşbu formatga qöşilişi neçoğli töğri qadam bölganini körib turibmiz. Dengizga bevosita çiqiş imkoni bölmagan Özbekiston uçun Kaspiy yönalişi Turkmanboşi va Bok-u orqali Kavkaz, Turkiya hamda Yevropa bozorlariga çiqadigan qöşimça marşrutlarni oçadi. Turkmanboşi xalqaro dengiz porti neft mahsulotlarini hisobga olmagan holda yiliga 17 million tonnagaça yukni qayta işlaş quvvatiga ega. Şu sababli Infratuzilmani rivojlantiriş böyiça kengaş tuziş, transport loyihalarini muvofiqlaştiriş hamda transport koridorlari böylab sanoat va logistika zonalarini şakllantiriş böyiça takliflar iqtisodiyotimiz uçun yuksak amaliy ahamiyatga ega.
Bunday hamkorlikning iqtisodiy poydevori allaqaçon şakllangan. 2025-yilda Özbekistonning Turkmaniston bilan savdo aylanmasi qariyb 1,2 milliard dollarga yetdi. Ozarbayjon bilan aloqalar ham jadal kengaymoqda. 2017–2025-yillarda özaro tovar ayirboşlaş 9,5 baravarga oşib, 307,3 million dollarni taşkil etdi. Özbekistonda Ozarbayjon kapitali iştirokida 460 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Demak, Maslahat formatining kengayişi Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz bilan ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan mustahkam boğlaydi.
Kelgusi kun tartibining miqyosi ham kam emas. Özbekiston qöşma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik kuzatib boriş platformasini yaratiş, 2027-yilda Xivada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes-forumini ötkaziş, past uglerodli energetika böyiça qöşma konsepsiyani tayyorlaş, muhim minerallar böyiça hamkorlikni rivojlantiriş hamda özaro boğlangan milliy ma’lumotlar markazlari (data-markazlar) bazasida umumiy hisoblaş infratuzilmasini şakllantirişni taklif etdi. Bu mintaqada iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş, qöşma investitsiyalarni köpaytiriş, energetika va sanoatni rivojlantirişga xizmat qiladi.
ÖzLiDeP va deputatlik korpusimiz uçun Avazadagi uçraşuv yakunlari alohida ahamiyatga ega. Partiyamiz tadbirkorlik, xususiy taşabbusni rivojlantiriş, qulay investitsiya muhitini yaratiş va işbilarmon doiralar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş tarafdori sifatida izçil harakat qilmoqda. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya uşbu ustuvor yönalişlarimizga töliq mos keladi. Çegaralarda tösiqlar qança kam bölsa, transport va moliyalaştiriş qançalik qulay bölsa, qöşma işlab çiqariş va sotuv bozorlari qançalik köpaysa, tadbirkor özini şunçalik işonçli his qiladi.
Avazadagi uçraşuv Markaziy Osiyo siyosiy işonç iqtisodiy kapitalga aylanadigan yangi bosqiçga qadam qöyayotganini yana bir bor körsatdi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan boşlangan bunday format mintaqaviy muloqotni qayta tiklaşdan tortib amaliy kooperatsiya maydonini şakllantirişgaça bölgan samarali yölni bosib ötdi. Bu — Özbekiston uçun yangi bozorlar, yönalişlar, investitsiyalar, işlab çiqariş va iş örinlarini yaratişning yangi imkoniyatlaridir.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari