Iqtisodiyotda teng raqobat uçun şart-şaroitlar yaratiladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining yiğilişida Prezidentimiz raisligida tibbiyotning birlamçi böğini va ixtisoslaşgan muassasalarda xizmatlar sifatini oşiriş, dori iste’molini tartibga soliş hamda tibbiy ta’limni takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişining ahamiyati haqida söz yuritildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda soğliqni saqlaş sohasini isloh qiliş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxşilaş, tibbiyot muassasalari faoliyatini ilğor xorijiy tajriba asosida taşkil etiş, tibbiyot kadrlarining salohiyatini oşiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, sönggi 7 yilda soğliqni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağ 6 karra oşirilib, hududlardagi şifoxonalar moddiy-texnik jihatdan yangilandi. Eng muhimi, aholining uzoğini yaqin qiliş, odamlarni uşbu tizimdan rozi qiliş maqsadida mahalladagi birlamçi böğin bilan ixtisoslaşgan xizmatlarni boğlaydigan tizim yölga qöyildi.
Fraksiya a’zolari oxirgi yillarda Prezidentimiz boşçiligida tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada bölayotgan özgarişlar haqida töxtalib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratdi.
Videoselektor yiğilişida ilgari surilgan muhim taşabbuslar ÖzLiDeP dasturiy maqsadlariga uyğun va hamohang ekanligi, ularni ijrosini öz vaqtida va samarali ta’minlaşda fraksiya a’zolari faol iştirok etişi, sohaga doir qonunçilikni takomillaştirişi qayd etildi. Şuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topşiriqlardan kelib çiqib, partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yiğilişda “Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida böldi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Özbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişni yengillaştiriş va rağbatlantiriş maqsadida sohaga oid qator tartib-taomillar tanqidiy jihatdan qayta körib çiqilib, eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan byurokratik ğovlar va tösiqlar bekor qilindi.
Körilgan çoralar natijasida respublikada işbilarmonlik muhiti yaxşilandi, tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Şu bilan birga, qonunçilikni xalqaro normalarga, şu jumladan, Jahon savdo taşkilotining Tariflar va savdo böyiça Boş Bitimi qoidalariga uyğunlaştiriş orqali taşqi savdoni yanada liberallaştiriş zarurati mavjud.
Mazkur qonun loyihasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng köp qulaylik berişni nazarda tutilmagan mamlakatlarda (hozirda 57 davlat eng köp qulaylik rejimiga ega) işlab çiqarilgan yoxud işlab çiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan amaldagi import bojlari stavkalarini 2 karra oşirib qöllaş amaliyotini bekor qiliş nazarda tutilmoqda.
Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi esa milliy qonunçilik xalqaro standartlarga muvofiqlaştirilişini ta’minlaş, şu jumladan, iqtisodiyotda teng raqobat uçun şart-şaroitlar yaratiş va çet el investitsiyalarini keng jalb etişga xizmat qiladi.
Fraksiya a’zolari qonun loyihasining bugungi kundagi zarurati va ahamiyati, uni ikkinçi öqişga tayyorlaş çoğida deputatlar takliflari asosida maromiga yetkazilganligini e’tiborga olib, ma’qulladilar.
Yiğilişda kun tartibidan örin olgan boşqa qonun loyihalari ham atrofliça körib çiqilib, deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.