Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Jamoatchilik eshituvida “tadbirkor — mahalla — hokimlik — bank” hamkorligini kuchaytirish taklif qilindi

25.09.2026
84

Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Xonqa tuman Kengashi deputatlari ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jamoatchilik eshituvida Xonqa tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari Sirojiddin Abdullayev axborot berib, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda investisiya dasturlari asosida 58 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan umumiy qiymati 926 mlrd so‘mlik loyihalarni ishga tushirish va 2 179 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ushbu ish o‘rinlariga, avvalo, kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolarini jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan 22 ta ko‘chma va yengil konstruksiyali tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilinib, 38 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Mazkur ish o‘rinlariga “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan kambag‘al oilalarning 6 nafar ishsiz a’zosi ishga joylashtirildi.
Jamoatchilik eshituvi yakunida har bir mahalla kesimida ishsiz va daromadi past oilalarni aniqlash, ularni doimiy daromad manbaini topib berish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni kuchaytirish vazifalari belgilandi. Xususan, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, tadbirkorlarga kredit va boshqa ko‘maklarni manzilli ajratish, kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘uningdek, tadbirkorlarning yer, infratuzilma, kredit va elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etishda “tadbirkor — mahalla — hokimlik — bank” hamkorligini kuchaytirish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va har bir mahalla bo‘yicha ishsizlikni kamaytirish ko‘rsatkichlarini belgilanib, ularning ijrosini deputatlik guruhi tomonidan muntazam nazorat qilib borish taklif etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?