Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

“Jizzakh cyber arena”da ÖzLiDeP yetakçisi Aktam Xaitov jizzaxlik saylovçilar bilan uçraşdi

25.10.2024
853

“Va’da emas, natija - ertaga emas, bugun” şiori ostida taşkil etilgan mazkur tadbirda partiyaning kelgusi beş yillikka möljallangan saylovoldi dasturida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalarni rivojlantiriş, sun’iy intellektdan unumli foydalanişni rağbatlantiruvçi huquqiy va moliyaviy şaroitlarni yaratişga alohida e’tibor qaratişi ta’kidlandi.

Şuningdek, sportni yanada ommalaştiriş ham partiyaning doimiy diqqat markazida böladi. Yoş avlodni “IT” sohasi va sportga keng jalb etiş, yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştirişga kömaklaşiş yönalişlarida tizimli iş olib boriş, yoşlarni hunar va zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga öqitiş borasida ÖzLiDePning puxta işlangan rejalarini amalga oşiriş mamlakatimiz taraqqiyoti uçun muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlab ötildi.

– Partiya saylovoldi dasturida fuqarolarni maqbul uy-joy bilan ta’minlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan, – deydi uçraşuvda iştirok etgan Şahlo Hoşimova. – ÖzLiDePning sohaga 15 milliard dollar yönaltiriş orqali 1 million xonadonli uy-joy quriş rejasi köpçilik qatori biz yoşlarni ham xursand qildi. Şu sabab, biz bölajak saylovda ÖzLiDeP qöllab-quvvatlab ovoz beramiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?