O‘zLiDeP deputati imkoniyati çeklangan bolalarni qöllab-quvvatlaş tizimi bilan tanişdi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Jasur Jumayev va Xalq deputatlari mahalliy kengaşlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari O‘zLiDePning “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni örganişdi.
Işçi guruh a’zolari dastlab, Jizzax şahrida “Jizzax binokor savdo” MÇJ quruvçilari tomonidan barpo etilayotgan “Bolalar iqtidorini rivojlantiriş inklyuziv markazi”dagi bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. 4 milliard 1309 million söm mablağ evaziga bunyod etilayotgan va 100 öringa möljallangan mazkur markazda kelgusida nogironligi bölgan bolalarni 10 ga yaqin kasb-hunarga öqitiş yölga qöyiladi.
Şuningdek, işçi guruh a’zolari közi ojizlar jamiyati qoşidagi işlab çiqariş syexlari, öquv markazlari faoliyati bilan ham tanişdilar. Mazkur markazda bir neça yönalişda yölga qöyilgan işlab çiqariş syexlarida ayni paytda 50 nafar zaif köruvçi va közi ojizlar bandligi ta’minlangan. Ularning mehnat qilişlari, ovqatlanişlari, dam olişlari uçun yaratilgan şaroitlar işçi guruh a’zolarining diqqat markazida böldi. Şuningdek, işçi guruh viloyat nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş markazi faoliyati bilan ham tanişdi. Markazda nevrologiya, terapiya va xirurgiya bölimlari mavjud bölib, LFK, fizioterapiya, Azonoterapiya, fitobar, Pufakli kokteyl muolajalari yölga qöyilgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati kun davomida közi ojizlar va zaif köruvçilar tahsil oladigan “Nurli maskan” ta’lim dargohida, Jizzax davlat pedagogika universitetida öquvçi va talaba yoşlar, sportçilar bilan ham muloqotda böldi.