Yakshanba 10-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Jizzaxning ishbilarmon ayollari aniqlandi

25.10.2024
84

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tanlovning hududiy-respublika bosqichi o‘tkazildi.

"Ishbilarmon ayol-2024" ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari ishini baholashda xotin-qizlar uchun yaratilgan ish joylari, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, o‘z faoliyatiga innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi.

1 o‘ringa zominlik tadbirkor “Yasmin chevarlari” MCHJ rahbari Ra’no Xasanova, 2 o‘ringa Jizzax shahridan “Xadija baraka mahsulotlari” oilaviy korxonasi rahbari Gulnora Ismatullayeva, 3 o‘ringa Do‘stlik tumanidan "Bunyodkor tikuvchi qizlari" MCHJ rahbari Gulxayo Shoximardonova munosib deb topildi.

Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?