Kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam körsatilmoqda
ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi “Yoşlar qanoti” hamda Törtköl tuman Kengaşi taşabbusi bilan “Kambağallikni qisqartiriş: jahon amaliyoti va Özbekiston tajribasi” mavzusida mazmunli davra suhbati taşkil etildi.
Mazkur davra suhbati partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida taşkil etilib, unda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş va manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan dolzarb masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Davra suhbatida yoşlar, partiya faollari, mahalliy kengaş deputatlari va sohaning mutaxassislari iştirok etib, kambağallikni qisqartirişning zamonaviy yondaşuvlari atrofliça muhokama qilindi. Xususan, jahon amaliyotida sinovdan ötgan mexanizmlar, ularning afzallik va kamçiliklari qiyosiy tahlil qilingan holda, Özbekiston şaroitiga mos yeçimlar işlab çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda yurtimizda aholini tadbirkorlikka jalb etiş, yangi iş örinlari yaratiş, kam ta’minlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning daromad manbalarini kengaytiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. “Ijtimoiy himoya daftari”, “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari” kabi mexanizmlar orqali manzilli yordam körsatiş amaliyoti samarali natijalar bermoqda.
Şu bilan birga, tadbir iştirokçilari kambağallikni qisqartiriş faqatgina moliyaviy kömak bilan çeklanib qolmasligi, balki inson kapitaliga sarmoya kiritiş, ta’lim va kasb-hunar örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş, aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş orqali barqaror natijalarga erişiş mumkinligini alohida qayd etdilar.
Davra suhbati yakunida mazkur yönalişda partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir iştirokçilari bunday muloqot maydoni dolzarb muammolarga yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etişini, ayniqsa yoşlarning faol iştiroki yangi ğoya va taşabbuslarni yuzaga çiqarayotganini ta’kidladilar.