Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Kambağallik kölamini ikki karra kamaytiriş ustuvor vazifamiz böladi

20.10.2024
811

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga ÖzLiDePdan körsatilgan nomzodlarning Çinoz tumanidagi musiqa va san’at maktabida ötgan bu galgi uçraşuvida partiya saylovoldi dasturida belgilangan mazkur vazifa doirasida fikr yuritildi.

Uçraşuvda partiya viloyat Kengaşi raisi Tölqinjon Fayziyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga partiyadan körsatilgan nomzod Ma’muraxon Xalilova, Xalq deputatlari Çinoz tuman Kengaşi deputatligiga nomzodlar Ra’no Xoliqova, Olimjon Dadajonov, Rustamjon Raxmatov, Marat Şafeyev, Xikmatilla Xafizov, Şerzod Botirov, Davron Safarov, Muxayyo Niyozova, Abduvohid Turdiboyev, Nodir Umarov, Olimjon Dodojonov, Zavra Ibragimova jamoat arboblari, turli soha va millat vakillari, yoşlar, xotin-qizlar, nuroniy va faxriylar iştirok etişdi.

Nomzodlar kelgusi beş yilda partiya Saylovoldi dasturidagi xalqimiz farovonligiga xizmat qiluvçi maqsad va vazifalarni röyobga çiqarişda özlarining bor kuç-ğayratlari, bilimlarini işga solib, el-yurtimiz işonçini oqlay olişlariga işonç bildirdi.

Tadbirda söz olgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga partiyadan körsatilgan nomzod Ma’muraxon Xalilova ÖzLiDeP Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini tarğib qilarkan, undagi barqaror iş joylarini yaratiş orqali kambağallikni qisqartiriş masalasiga e’tibor qaratdi.

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilişning mahallabay dasturlarini işlab çiqişni partiyamiz özining eng muhim vazifasi qilib belgilagani, tuman, şahar, mahallalarning alohida master-rejalari işlab çiqilib, tadbirkorlik ommaviy tus olişiga erişilişi, işsizlikning past darajaga tuşişiga erişiş borasidagi uluğvor taşabbuslarining amalga oşirilişi xalqimiz farovonligiga olib kelişini ta’kidladi.

Partiya nomzodlari Çinoz tumanida faoliyat yurituvçi yirik yengil sanoat korxonasi bölgan "PRONTO TEXTILE GROUP" MÇJda ham bölişdi. Bu yerda mehnat qilayotgan 500 dan ortiq işçi-xodimlarga yaratib berilgan şaroitlar bilan tanişiş barobarida ularga ÖzLiDeP saylovoldi dasturini tarğib qilişdi. Saylovlarda partiya nomzodlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirişarkan, taşviqot flayerlarini ulaşişdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?