Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylantiriladi

20.10.2024
27

O‘zLiDeP Yakkabog‘ tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan saylovoldi targ‘ibot tadbiri qizg‘in tarzda o‘tkazildi. Unda yuzlab yoshlar tuman mahallalarida bo‘lib, partiyaning saylovoldi dasturi aks etgan flayer va bukletlarini tarqatdilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Nargiza Salomova partiyaning saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati, unda e’tirof etilgan “5 maqsad – 500 vazifa” shiori ostida tadbirkorlik faoliyati erkinligini huquqiy jihatdan kafolatlash partiyaning keyingi 5 yillikdagi ustuvor vazifasi ekanligi haqida aytib o‘tdi.

–Biz saylovoldi dasturimizda yoshlar bandligini ta’minlash borasida qator ustuvor vazifalarni ilgari surmoqdamiz. Besh yilda kamida 1 million nafar fuqaroga kasb o‘rgatish, barcha tuman va shaharlarda monomarkazlarni tashkil qilish, maktab bitiruvchilariga davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizim joriy etish, xususiy sektorni rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlarni bajaramiz, dedi Yakkabog‘ tumanidagi “SITORA IMKON PLYUS” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Nargiza Salomova.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?