Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 13-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Keyingi o‘quv yilidan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi

09.09.2025
97

O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yilgan edi. Keyingi o‘quv yilidan boshlab yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Bu haqida davlatimiz rahbari raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutish topshirildi.
Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Keyingi yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari mazkur olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun mutasaddilarga qat’iy tonshiriq berdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?