Keksalarning banklardagi omonatlari uçun foiz stavkalarini oşiriş taklif etildi
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasida “Keksalarga madad” va “Keksalarga ğamxörlik” loyihalari doirasida keksalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş va ularga ijtimoiy xizmat körsatiş tizimini yaxşilaşga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Unda ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi örinbosarlari D.Şoumarov, G.Xudoyorova, Oliy Majlisi Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi, “Nuroniy” jamğarmasi va Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi vakillari iştirok etişdi.
Davra suhbatida keksalarga sanatoriyalarda davolaniş uçun berilayotgan bepul yöllanmalar sonini oşiriş masalasida bir qator takliflar berildi. Jumladan, davlat xususiy şerikçilik asosidagi sanatoriyalar sonini köpaytiriş, xususiy sanatoriyalarga vauçerlar beriş kabi takliflar ilgari surildi. Şuningdek, keksalarga banklardan imtiyozli kreditlar ajratiş, keksalarning banklardagi omonatlari uçun foiz stavkalarini oşiriş orqali ularni moddiy qöllab-quvvatlaş böyiça takliflar ham muhokama qilindi.
Davra suhbati söngida yuqoridagi ikki loyiha konsepsiyasini yaratişga kelişib olindi.