Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 09-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kiberxavfsizlik — ishonchli biznesning muhim omili!

07.07.2026
93

O‘zLiDeP Xiva tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda raqamli xavfsizlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kiberjinoyatlarning oldini olish, elektron to‘lovlar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida internet firibgarligi, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havolalar va elektron xatlarni aniqlash, korporativ ma’lumotlarni ishonchli muhofaza qilish kabi muhim mavzular yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bu tadbir tadbirkorlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Ta’kidlanganidek, raqamli iqtisodiyot sharoitida kiberxavfsizlikka amal qilish har bir tadbirkor uchun zaruratdir. Bunday amaliy muloqotlar biznesni zamonaviy tahdidlardan himoya qilish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va xavfsiz raqamli tadbirkorlik muhitini shakllantirishga muhim hissa qo‘shmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?