Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 28-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ko‘chma tibbiy avtobuslar orqali chekka hududlarda yashayotgan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

28.04.2026
85

Kosonsoy tumani “Iftixor” MFYda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda mahallada istiqomat qilayotgan yuzlab fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar, bolalar va keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ko‘chma tibbiy avtobuslar orqali tekshiruvlar tashkil etilgani esa chekka hududlarda yashovchi aholi uchun ayni muddao bo‘ldi.

EKG, mammografiya va UZI kabi zamonaviy diagnostika xizmatlaridan bepul foydalanish imkoni — kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday amaliy tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom jamiyat barpo etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?