Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kommunal sohadagi kamchiliklar O‘zLiDeP deputatlari nazoratiga olindi

26.03.2026
22

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Xorazm viloyati Kengashida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi ishlar samaradorligi va mavjud muammolarni tahlil qildi. 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumida 185 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlanib, 10,6 ming m² tom qismi yangilandi, 64 ta uy fasadi va 259 ta kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 626 ta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatildi. Shuningdek, 27 ta lift uskunalari yangisiga almashtirildi.

Joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilandi: qariyb 18 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga ko‘p kvartirali uylar atrofi obodonlashtiriladi, 44 ta bolalar maydonchasi barpo etiladi, irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi, yo‘laklar betonlashtiriladi va tashqi infratuzilma yaxshilanadi. Shuningdek, 1991 yilgacha qurilgan uy-joylar uchun elektron pasport yaratish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, eshituvda ayrim mahallalardagi kamchiliklar ochiq tanqid qilindi. Urganch shahridagi “Bo‘ston” mahallasida obodonlashtirish va kommunal xizmatlar sifati aholi kutganidek mutanosib emasligi, aholi murojaatlariga yetarlicha e’tibor berilmayotgani qayd etildi. Muammolarni bartaraf etish uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, raqamlashtirish va mustaqil monitoringni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?