Konstitutsiya — inson qadri va adolatning mustahkam kafolati
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida Özbekiston — suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qöyildi. Bu mamlakatimiz oldida turgan ulkan maqsadlarni amalga oşirişda öziga xos, mustahkam poydevor vazifasini bajarib kelmoqda.
Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, Asosiy Qonunimiz şu kunga qadar erişgan barça yutuqlarimizning, yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan keng kölamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining huquqiy kafolati hamda inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi hisoblanadi. Şu nuqtayi nazardan ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun eng uluğ bayramlardan sanaladi.
Davlatimiz rahbarining şu yil 21-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Farmoyişiga köra, Konstitutsiyamiz öttiz uç yilligini munosib kutib oliş va yuksak saviyada nişonlaş, fuqarolarni unda belgilangan ezgu qadriyatlar atrofida birlaştiriş, “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy hamda boşqa tadbirlarni samarali taşkil etiş nazarda tutildi.
Farmoyiş bilan bayram tadbirlariga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş dasturi hamda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömitaning tarkibi tasdiqlandi.
Taşkiliy qömitaga dasturda nazarda tutilgan çora-tadbirlarning samarali bajarilişi hamda Konstitutsiya kuni bayramining respublikamizning barça hududlarida kötarinki ruhda nişonlanişini, şuningdek, aholining keng qatlamlari örtasida ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, oçiq muloqot va suhbatlar, badiiy keçalar, festivallar, sayllar, madaniyat va sport tadbirlarini yuqori saviyada ötkaziş maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, keksa va yoş avlod vakillari, taniqli sportçilarni jalb etgan holda bayram tadbirlari amalga oşirilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.
Farmoyişda belgilanişiça, joylarda ötkaziladigan bayramda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning tadbirkorlik va xususiy mulkning işonçli himoyasini ta’minlaş, soğliqni saqlaş, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantiriş, nuroniylar, xotin-qizlar va yoşlarga doimiy e’tibor va ğamxörlik körsatiş, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qiliş, gender tenglikni ta’minlaş böyiça yangidan-yangi yutuqlar va natijalarga erişiş uçun mustahkam zamin yaratib bergani keng jamoatçilikka tuşuntiriladi.
Alohida ta’kidlaş kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdan kelib çiqib, 2023-yildan boşlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasida amaldagi qator protsessual kodekslarimiz va qonunlarimizga uning normalarini implementatsiya qiliş işlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Şuningdek, Konstitutsiya bayrami arafasida umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy ta’lim taşkilotlarida barça öquvçi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini, şu jumladan, atoqli huquqşunoslar, olimlar, sud, adliya va boşqa huquqni muhofaza qiliş idoralari rahbar va xodimlari iştirokida ötkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Farmoyişda ötkaziladigan bayram tadbirlarining moliyalaştiriş manbalari ham körsatib berilganligi uşbu bayramning sermazmun ötişining kafolati hisoblanadi.
Zafar XUDOYBERDIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati