Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
O‘zLiDeP Toşkent şahar Kengaşi “Ayollar muammolarini örganiş va işbilarmonligini qöllab quvvatlaş” bölimi, O‘zLiDeP Mirzo Uluğbek tumani Kengaşi hamda Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz hayotining turli sohalarida izçil davom etayotgan keng kölamli islohotlar natijalarini mustahkamlaşda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning örni va ahamiyati beqiyos.
Xalqimizning takliflari, xohiş-istaklari asosida işlab çiqilgan Boş qomusimizda fuqarolar huquq va erkinliklarini kengaytiriş, davlat hokimiyati samaradorligini oşiriş, sud-huquq tizimini takomillaştiriş, iqtisodiyotni rivojlantirişga oid muhim normalar qat’iy belgilandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning neçoğlik xalqçil va insonparvarlik tamoyillariga, “inson-jamiyat-davlat” ğoyalariga asoslanib qabul qilingani fuqarolarning barça sohalarda huquq va erkinliklarini tenglik asosida ta’minlanişining kafolati sifatida baholandi.
Tadbir davomida suv resurslaridan samarali foydalaniş tartibi, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş kabi masalalarda tahliliy ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, suv resurslariga bölgan munosabatni tubdan özgartiriş maqsadida sohaga oid qonunçilik takomillaştirilgani, Özbekiston tarixida ilk marotaba suv kodeksining qabul qilinişiga oid masalalar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Xudayarova Gulşana Berdinazarovna tomonidan batafsil gapirib ötildi.
Tadbir davomida vazirlik xodimlari özlarining fikr-mulohazalarini bildirişdi va sohaga oid savollariga javob olişdi.