Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim qadam

03.09.2025
731

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab Prezidentimizning mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati atrofliça muhokama qilindi.

Deputatlar “Uçinçi Renessans” ğoyasi asosida milliy taraqqiyot modelining yangi bosqiçga kötarilgani, ayniqsa, iqtisodiyotdagi barqaror ösiş va tadbirkorlikni rivojlantiriş yönalişida qator yutuqlarga erişilganiga e’tibor qaratdi.

Sönggi sakkiz yilda YAIM 2 barobarga oşib, 130 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb etilgani, 10 milliondan ziyod fuqaro tadbirkorlik sohasida band bölgani, kambağallik darajasi 6,8 foizga tuşgani alohida qayd etildi.

ÖzLiDeP fraksiyasi uşbu islohotlarni töliq qöllab-quvvatlagan holda, davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan xususiy mulk, tadbirkorlikni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda inson manfaatlariga xizmat qiliş borasidagi barça taşabbuslar ijrosini ta’minlaşda faol iştirok etişi ta’kidlandi. Uşbu tarixiy nutqdagi muhim yönalişlardan kelib çiqib, fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Yiğilişda Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida mamlakatimiz rahbari tomonidan mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça ilgari surilgan taşabbuslarning ahamiyati haqida söz yuritildi.

Fraksiya rahbari Aktam Xaitov Prezidentimiz nutqining ahamiyatiga töxtalar ekan, unda xalqaro vaziyatning çuqur tahlili va amaliy yeçimlar uzviy mujassamlaşgani, mamlakatimiz yetakçisi zamonamizning asosiy muammolari — özaro işonç inqirozi, köp tomonlama institutlarning zaiflaşuvi, jahon iqtisodiyotining parçalanişini töğri belgilab bergani va ularni bartaraf etişning aniq yöllarini taklif qilganini ta’kidladi.

Sammitda qabul qilingan Tyanszin deklaratsiyasi, ŞHTning 2035-yilgaça bölgan rivojlaniş strategiyasi va yakuniy hujjatlar köp qirrali hamkorlik va zamonaviy davr muammolariga samarali javob beriş uçun işonçli asos bölib xizmat qilişi e’tirof etildi.

Şundan söng, davlatimiz rahbarining “Taşabbusli budjet jarayonlarini takomillaştiriş doirasida xalq vakillari va saylovçilar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Munozaralar davomida fraksiya a’zolari Baxtiyor Artiqov, Abdumannop Böriyev va Muqaddasxon Axmedovalar mazkur qaror xalq vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaşi, hujjat avvalo, xalq manfaatlarini ta’minlaş, aholi hayotini yaxşilaşga xizmat qilişini ta’kidladilar.

Yiğilişda kun tartibidan örin olgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?