Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Sirdaryoning ishbilarmon ayoli sohibi bo‘ldi
Sirdaryo viloyatida “Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika-hududiy bosqichi o‘tkazildi.Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi g‘oyalar va tashabbuslarga ruhlantirish maqsadida har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadi. Bu gal ham viloyatning turli tumanlaridan saralangan 11 nafar tadbirkor ayollar o‘z faoliyat natijalarini namoyish etishdi.So‘zga chiqqanlar xotin-qizlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Guliston tumanidagi ko‘p tarmoqli “Barlos” fermer xo‘jaligi rahbari Dilshoda Yusupova, 2-o‘rin Guliston shahridagi “Hunarmand” rahbari, milliy taqinchoqlar yasovchi zargar Ra’no Azimboyeva, 3-o‘rin “ZEBO SHODIYONA-2022” xususiy korxona rahbari Shodiyona Raimovalar g‘olib deb topildi.— “Men uchun bu mukofot nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun jamoamizning mehnati va sa’y-harakatlariga berilgan munosib bahodir. Bugun qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va aholiga sifatli mahsulot yetkazib berish yo‘lida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Biz ham o‘z xo‘jaligimizda nafaqat an’anaviy yo‘nalishlarni, balki qo‘shimcha sohalarni ham rivojlantirishga intilyapmiz, - deydi tanlovning birinchi o‘irn sohibasi Dilshoda Yusupova.
Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.